Behbudiy AI orqali ai oson tadbiq qiling

Videoda biz yechmoqchi bo’lgan muammo hamda bizning yechim haqida qisqacha to’xtab o’tilgan. Hozirda LLM modellar ko’p sohalarda ishlatilmoqda, lekin o’zbek tili kam resurli til bo’lgani uchun katta kompaniyalar tomonidan yasalgan LLMlar unchalikham o’zbek tiliga optimallashtirilmagan bo’ladi. Va mashhur LLMlar asosan ingliz tiliga moslangan bo’lgani uchun, o’zbek tilidagi matnda tokenlar soni ko’payib ketib narx qimmatlashiga sabab bo’ladi. Masalan, openai platformasida o’rtacha bitta o’zbekcha so’z 3 tadan kamroq token bo’ladi, ingliz so’z uchun esa 1 tadan ozgina ko’proq. Bu degani API narxlar o’zbekchaga 2-3 marta qimmatroq. Undan tashqari ma’lumotlar xavfsizligi masalasi ham bor.

Bizning yechim, ham dasturiy, ham uskunaviy jihatdan hisoblanadi. Dasturiy jihatdan o’zbekcha maxsus yaratilgan LLMlar o’zbek tilini tushunish bo’yicha yuqori natijada ishlaydi, va tokenlar soni bo’yicha ham samaradorligi openai kabi modellar ingliz tiliga ishlaganday bo’ladi. Serverlar TAS-IX hududiga bo’ladi, bu esa ulanish tezligini va ma’lumotlar xavfsizligini oshiradi.

Avtomatik RAG yasash xususiyati esa ML muhandis bo’lmagan, xatto kod yozishni bilmaydiganlarga ham o’z kompaniyasi, mahsulotiga AI integratsiya qilish imkonini beradi.

Videoda yana bizning birinchi boshlang’ich modelimiz demosi ko’rsatilgan. Bu model birinchi qadam uchun gemma3-4B modeli ustiga qurilgan va keyingi katta modellar yaratishga tajriba beradi. Model kichikligiga qaramay o’zbek tili xususiyatlari ancha rivojlangan.

RAG yasash bo’yicha frontend qismi g’oyasi ko’rsatilgan, bu endi ustida ishlanyapgan qism. Bu low code/no code AI integratsiya qilish uchun ishlatiladi. Bu qism bilan avtomatik ravishda RAG ya’ni sizning bergan ma’lumotlaringiz asosida javob beradigan LLM, avtomatik sizning brend qo’yilgan telegram bot, hamda website va ichki tizimlarga integratsiya widgetlari bo’ladi.

Demo sinab ko'rish

Sinab ko'rish uchun quyidagi linkka kirishingiz mumkin

Behbudiy AI

The Uzbek LLM Platform — Built for Local Businesses, Powered by Local Infrastructure

Socials

Hugging Face

Behbudiy AI

The Uzbek LLM Platform — Built for Local Businesses, Powered by Local Infrastructure

Socials

Hugging Face